«suv xo‘jaligi vazirligi» tegli maqolalar


Suv xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
28 fevral 2024, 21:03

Suv xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Prezident qarori bilan Timur Butunbayev suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari, Xabibulla Quvondiqov esa vazir o‘rinbosari etib tayinlandi.

O‘zbekistonda ikki yilda suv xo‘jaligiga qariyb 2 mlrd dollar ajratildi, biroq suv isrofi va nasoslarning holati yaxshilanmadi
23 oktabr 2023, 14:38

O‘zbekistonda ikki yilda suv xo‘jaligiga qariyb 2 mlrd dollar ajratildi, biroq suv isrofi va nasoslarning holati yaxshilanmadi

Ikki yil davomida O‘zbekistonda davlat budjetidan suv xo‘jaligiga qariyb 2 mlrd dollar ($2,54 mlrd davlat qarzini hisobga olmaganda) ajratildi, ammo bu vaqt ichida suv isrofi va nasoslarning holati yaxshilanmadi. Sohaga 2024-yilda yana 1,7 trln so‘m va 300 mln dollarlik kredit ajratish rejalashtirilgan.

“Kaxovka GESi portlatilishi suv omborlarimizga ko‘proq e’tibor berish kerakligini ko‘rsatdi” — suv vaziri
22 iyun 2023, 19:18

“Kaxovka GESi portlatilishi suv omborlarimizga ko‘proq e’tibor berish kerakligini ko‘rsatdi” — suv vaziri

Ukrainadagi “Kaxovka” GESi portlatilishi O‘zbekistondagi suv omborlariga ham ko‘proq e’tibor qaratish kerakligini ko‘rsatdi, dedi suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Xamrayev. Uning so‘zlariga ko‘ra, shartli ravishda “Chorvoq” GESi portlatilgan va zudlik bilan choralar ko‘rish bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilgan. Video.

“O‘zbekiston kanal qurilishiga yordam beradi” — suv xo‘jaligi vaziri “Tolibon” qurayotgan kanal haqida (video)
21 iyun 2023, 22:47

“O‘zbekiston kanal qurilishiga yordam beradi” — suv xo‘jaligi vaziri “Tolibon” qurayotgan kanal haqida (video)

O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri “Gazeta.uz” muxbirining “Tolibon” Amudaryodan suv olish uchun qurayotgan Qo‘shtepa kanali haqidagi savoliga javob berdi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston bu masalada “Tolibon”ga yordam ko‘rsatadi. “Bu kanal ikki xalqni urishtiradigan emas, birlashtiradigan do‘stlik kanali bo‘ladi”, — dedi u.

2030-yilga borib O‘zbekistonga 7 mlrd kub metr suv yetishmaydi — Suv xo‘jaligi vazirligi
30 aprel 2023, 05:28

2030-yilga borib O‘zbekistonga 7 mlrd kub metr suv yetishmaydi — Suv xo‘jaligi vazirligi

Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Azimjon Nazarovning aytishicha, O‘zbekistonga suv resurslarining 80 foizi boshqa davlatlardan keladi, 20 foizi mamlakatda hosil bo‘ladi. Tahlillarga ko‘ra, 2030-yilga borib O‘zbekistonga 7 mlrd kub metr suv yetishmaydi. Vazirlik suvdan oqilona foydalanish zarurligini aytdi.

Dilshod Xodjiahmedov suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi
11 dekabr 2021, 15:15

Dilshod Xodjiahmedov suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi

2017 yildan beri Farg‘ona viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan Dilshod Xodjiahmedov suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Suv xo‘jaligi vazirligida tayinlovlar amalga oshirildi
10 mart 2021, 11:42

Suv xo‘jaligi vazirligida tayinlovlar amalga oshirildi

Innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan Nazarov Azimjon suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Suv xo‘jaligi vazirligi Suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Rustam Qarshiyev suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Sardoba suv ombori Suv xo‘jaligi vazirligiga o‘tkazildi
1 mart 2021, 11:56

Sardoba suv ombori Suv xo‘jaligi vazirligiga o‘tkazildi

Sardoba suv ombori xavfsiz eksplutatsiya qilinishi maqsadida Suv xo‘jaligi vazirligi tizimiga o‘tkazildi. Xarajatlar to‘liq respublika byudjetidan qoplanishi ma’lum qilindi. Rekonstruksiya ishlariga tajribaga ega xorijiy va mahalliy ekspertlar, loyihachilar jalb qilinmoqda.

Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari ishdan olindi
13 yanvar 2021, 16:48

Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari ishdan olindi

Suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Baxodir Ro‘ziboyev o‘z lavozimidan ozod etildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting